Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.
Ushbu mahobatli majmuada xalqimizning koʻp asrlik tarixi, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimizning siymolari, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim voqealar oʻz ifodasini topgan. Monument choʻqqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik gʻoyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X













