Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi
Yurtimizda yoshlarni mehnat bozori talablariga mos zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, kasbiy ta’limni ish beruvchilar ehtiyoji bilan uyg‘unlashtirish hamda dual ta’limni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida tashkil etilgan "Kasblar shaharchasi" yoshlarning qiziqishi va qobiliyatini aniqlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Kasblar shaharchasida “O‘zing yasab ko‘r” tamoyili asosida yoshlar zamonaviy uskunalarda bevosita ishlab, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Transport va logistika, sanoat va qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi hamda “yashil” energetika kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 10 ta kasb yo‘nalishi qamrab olingan.
🎞 Bu haqida batafsil video orqali bilib oling
Manba: “O‘zbekiston 24” telekanali, “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvi
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X





