Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.
🏅Mukofotlanganlar safida Kasbiy ta’lim agentligi direktori hamda agentlik xodimlari ham bor. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X












