2-qism
13. Do'stlar bilan dars qilishni bekorchi suxbatlarga aylantirib yuborishlik - bu odatda sherik bilan dars qilganda kuzatiladi, dars qilish uchun kelinganda. Darsdan tashqari bo'lgan mavzularda suhbat qurishlik. Buning o'rniga biror mavzuni birga tushunishga harakat qilishlik kerak bo'ladi.
14. Berilgan vazifani bajarishdan oldin mavzuni o'rganmasdan qayta takrorlamasdan vazifani bajarishga tushishlik - Masalan soni amallar mavzusidan vazifangiz bor, lekin siz + bilan - kelsa qaysini birini birinchi bajarish kerakligini bilmaysiz. Bu degani dars qilishga ajratilingan vaqt bekor ketishidir. O'tilingan mavzuni takrorlab olishlik eng yaxshi amallardandir.
15. Yecha olmagan, o'rgana olmagan narsalarni so'ramaslik - bu darsni chala qilishdir, o'rganuvchilar, o'rganmagan narsalarini bilamiz deb katta xatolarga yo'l qo'yishadi. Bu esa keyingi mavzularni o'rganishga uzviy bog'liqdir.
16. Chalg'ituvchi sharoitda chuqur o'rganishda ishonishlik - shovqin bo'layotgan joyda diqqatni jamlashga o'xshaydigan jarayondir, oldizda kimdur gaplashib tursa sanayotgan pulizda adashasizu, nega dars qilishda tushunmasligingiz mumkin emas.
17. Yetarlicha uxlamaslik - yuqoridagi hamma xatolarni qilmasangiz ham bu siz o'rganish bo'lmaydi. Hech sizda ham bo'lgan bo'lsa kerak, kecha bir mavzuni o'qidiz, bugun esa test bo'lib turibdi. Yaxshi uxlamaganingiz uchunmi eslolmayabsiz, bu yerda olingan ma'lumot qisqa mudatli xotiradan vaqtinchalik xotiraga ko'chmaganligidandir. Ko'chishi uchun esa yetarlicha sifatli uxlash kerak bo'ladi.
18. Pomodoro metodidan foydalanmaslik - bu metod 25 daqiqa biror narsaga diqqat qilishga yordam beradi, hamda 5 daqiqa dam olish esa organilgan ma'lumotni miyada avtomatik tahlil qilishga, keyingi 25 daqiqa uchun dam olishga kerak bo'ladi. 1-ta pomodoro 25 m ishlash 5 m dam, 4 ta shunday pomodoro dars qilib 15-30 m dam olishlik.
19. Ustozsiz o'rganishlik - bu ko'p qo'yiladigan xatolardandir, Ustoz sizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni keraksizlaridan ajratib beruvchi shaxsdir. Vaqtizni hamda pulizni ham tejab beradi.
20. Sog'lom ovqatlanmaslik - bu o'rganish jarayoni uchun kerak bo'lidan energiyani, miya uchun foydali bo'lgan moddalarni yetishmasligiga olib keladi, qarabsizki natijaga ham tasir qiladi.
21. Jismoniy mashq bilan shug'ullanmaslik - har kuni ertalab badan tarbiya qilishlik 8 minut bu uyquni o'chirish hamda ozroq bo'lsada energiya olish uchun yetarli.
22. Intizomsiz o'rganish - bu siz natijaga ham erishsa bo'ladi lekin yuksak marralarning hammalari intizom bilan erishiladi. Buning uchun qoyilgan vazifani oz bo'lsada har kuni bajarish.
@Jasur_note