EASY SAT: post #5242 — TG.ME

“Yarim kechasi bo’lmaydimi, misolni javobini bilib kelasan” deb ota-onam kechasi uydan chiqarib yuborishgan

Ota-onam akam bilan ikkovimizning o‘qishimizga juda qattiq turgan.

Yoshligimda bir do‘stim bilan birga matematikaga tayyorlanardik. Bir kuni matematikadan bir misolning javobini topolmay qoldik.

Dadam esa: “Javobini bilib kelasanlar”, deb tashqarida qorong‘i tushgan, havo sovuq bo’lishiga qaramay, onamning issiq kiyimlarini kiydirib, meni o‘sha do‘stimnikiga yubordi.

Borib, do‘stim bilan birga o‘tirib misolni ishladik, javobini topdik. Uyga qaytayotganimda esa ko‘chada kuchuklar quvlagandi😅

O‘sha paytda men uchun bu shunchaki “bitta misolning javobini topish” edi. Bugun o‘ylab qarasam, ota-onam menga o‘sha paytda faqat matematika o‘rgatmagan ekan.

Ular:
boshlagan ishimni oxirigacha yetkazishni;
qiyin bo‘lsa ham tashlab qo‘ymaslikni;
sharoit mukammal bo‘lmasa ham harakat qilishni o’rgatishgan ekan!

Bugun o’qishga, intizomga va natijaga bo‘lgan munosabatimda ota-onamning o‘sha qattiqqo‘lligi juda katta o‘rni bor

Ba’zi tarbiyaning ma’nosini bola paytida tushunmas ekanmiz. Lekin yillar o‘tib, uning qadrini anglaymiz!

Lekin hozirgi bollarga shunday qilib ko’ringchi
🔥
❤60👍27🔥12🐳4🥰2🎉1🕊1💯1🤗1