Rizqimiz Alloh tomonidan belgilangan, uni barakali qilish esa o’z qo’limizda
Bir qarindosh pochcham borlar, shu gapni ko‘p aytadilar: “Qancha pul topishing allaqachon Alloh tomonidan belgilangan. Lekin o‘sha pulning barakali bo‘lishi yoki bo‘lmasligi o‘zingga bog‘liq.”
Shu gapni yillar davomida o‘zimga qoida qilib oldim. Balki shuning uchun pul masalasida ham ancha xotirjamman.
Men uchun muhimi qancha topayotganimdan ko‘ra, topganimda baraka bormi. Hali ham shu o‘gitga amal qilaman.
Bu blogda ham faqat SAT emas, shu yo‘ldagi qarashlarim va tajribalarim bilan ham bo‘lishib boraman.
51
14
4