Hurmatli bitiruvchi talabalar! Avval xabar berganimizdek… — ISFT INSTITUTI REGISTRATOR OFISI — TG.ME

Forwarded fromMAMa'rufbek Baratov
🎓Hurmatli bitiruvchi talabalar!

Avval xabar berganimizdek, bitiruvchilarning diplomlari elektron (QR kodli) shaklda HEMIS va LMS platformalarida shakllantirildi.
👨‍💻

😍 Elektron diplomingizni yuklab olish uchun:

✅LMS platformasiga kiring;
✅"Hujjatlar" bo'limiga o'ting;
✅QR kodli elektron diplomingizni yuklab oling.
⚠️Muhim eslatma!

Elektron diplomni ISFT Mobile ilovasi orqali ko'rish uchun ilovaning eng so'nggi yangilanishi (Update) o'rnatilgan bo'lishi kerak.
🔄

Agar sizga hali yangilanish kelmagan bo'lsa, xavotir olmang. Diplomingizni LMS veb-versiyasi orqali ham yuklab olishingiz mumkin.

🌐 LMS manzili: lms.isft.uz
✉ Qog'oz (asl) diplomlar haqida
Hozirda diplomlarni chop etish (pechat qilish) ishlari davom etmoqda. Barcha diplomlar tayyor bo'lgach, diplomlarni tarqatish grafigi e'lon qilinadi.

📅 E'lon qilinadigan grafik asosida institutga tashrif buyurib, asl diplomingizni qabul qilib olishingiz mumkin bo'ladi.

🎉 Barcha bitiruvchi talabalarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

🎓 Diplomingiz sizga yangi marralarni zabt etishda, kasbiy faoliyatingizda va hayotingizdagi barcha ezgu maqsadlaringizga erishishda xizmat qilsin.

🤝 Sizlarga mustahkam sog'lik, ulkan zafarlar va kelgusi faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

❗️Hemis platformasidan shaxsan ko'rmoqchi bo'lganlar my.hemis.uz saytiga One ID orqali kirishlari mumkin bo'ladi.

🔔Bizni diqqat bilan kuzatib boring!

📱 @TheBaratov
❤43🔥23👏17👎11👍6🥰3
July 16, 2026 8.2K 211