ISFT INSTITUTI REGISTRATOR OFISI: post #1015 — TG.ME

Forwarded fromMAMa'rufbek Baratov
📣 MUHIM E’LON: KONTRAKT TO‘LOVLARI BO‘YICHA

Hurmatli talabalar!
❓Ko‘pchilik talabalarni qiziqtirib kelayotgan “Kontrakt to‘lovlari oshadimi yoki yo‘qmi?” degan savol yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

😀 3-, 4-, 5-kurs talabalari uchun:
➡️To‘lov-shartnoma miqdori OSHMAYDI.
➡️Yuqori kurs talabalari uchun amaldagi bazaviy kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoladi.

⚠️2-kurs talabalari uchun:
➡️To‘lov-shartnoma miqdori OSHADI.

📌 Asosiy sabab:
Akademik oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaning 3.1-bandiga muvofiq, kontrakt to‘lovlari summasi BHM (bazaviy hisoblash miqdori)dan kelib chiqib belgilanadi.

Ta’lim shakliga ko‘ra amaldagi miqdorlar:
🎓 Kunduzgi (mahalliy)18 952 000 so‘m
🎓 Kunduzgi (xalqaro) — 20 600 000 so‘m
🎓 Masofaviy ta’lim10 300 000 so‘m
🎓 Sirtqi ta’lim13 596 000 so‘m


📈2026-yil 15-avgustgacha bo‘lgan davrda BHM miqdori oshgani munosabati bilan, joriy o‘quv yilida 1-kursdan 2-kursga o‘tgan talabalar uchun to‘lov-shartnoma miqdoriga tegishli o‘zgartirish kiritiladi. (2025/2026- o'quv yiliga o'qishga qabul qilingan 1-kurs talabalariga 2026-yil 1-iyun holatida BHM hisobga olingan. Shu yili shartnomalar 1-oktabrgacha rasmiylashtirilganligi sababli, 2025-yil 15-avgustdagi BHM miqdori bilan hisoblanib qolgan kurs talabalarida kontrakt miqdori oshsada 1-kurslarga o'zgarishsiz qoldirilgan edi)

📌Ya’ni, 2026-yil 15-avgust holatidagi BHM miqdori asosida 2026/2027-o‘quv yili uchun shartnoma mablag‘lari (kontrakt) hisoblanadi.

❗️Hurmatli talabalar!
👀 Bizni diqqat bilan kuzatib boring! Shunda yangiliklardan birinchilardan xabar topasiz!

📱 @TheBaratov
❤68👍60👎10🔥7😱6🥰2