2026/2027-o'quv yilining kuzgi semestridan o'qishni ko'chirish va qayta tiklash bo'yicha talabalardan arizalar qabuli boshlanmoqda.
O'qishni turli sabablarga ko'ra to'xtatilgan yoki o'qishni ko'chirish istagidagi talabalar, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda o'qishni qayta tiklash va ko'chirish uchun belgilangan muddatda ariza topshirishlari mumkin.
Arizalar 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar (5-avgust kuni ham) qabul qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, arizalar ko'rib chiqish jarayonida ta'lim yo'nalishining mosligi (turdoshligi), o'quv rejasidagi fanlar farqi, shuningdek kredit-modul tizimida tahsil olgan talabalar uchun GPA ko'rsatkichi amaldagi tartib asosida inobatga olinadi.