MUHIM ESLATMA! Hurmatli talabalar! Sizlarga ma’lumki, yakuniy nazorat (imtihon)dan o‘ta olmagan talabalar uchun qayta topshirish imtihonlari tashkil etildi va aksariyat talabalar belgilangan muddatlarda kelib imtihonlarini topshirdilar.
Shunga qaramay, turli sabablarga ko‘ra qayta topshirishda ishtirok eta olmagan talabalar mavjudligini inobatga olib, 10-iyul (juma) kuni qayta topshirish imtihonlarining OXIRGI KUNI ekanligini ma’lum qilamiz.
Qayta topshirishga qolgan barcha talabalar belgilangan kunda (10-iyul oxirgi kun) institutga kelib, yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishlari so‘raladi.
Eslatma: Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng qayta topshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmaydi.
Imtihondan o‘ta olmagan yoki qayta topshirishga qolgan kursdoshingiz bo‘lsa, ushbu xabarni unga ham yuboring!