DIQQAT, TANLOV! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va… — ipuedu_uz | Расмий канал — TG.ME

DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Iqtisodiyot va pedagogika universitetida “Eng yaxshi fotoalbom” hamda “Eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyalari bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovning asosiy maqsadi — Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarni ijodiy ishlar orqali keng targ‘ib etishdan iborat.

Tanlov nominatsiyalari:
📸 “Eng yaxshi fotoalbom”
🎵 “Eng yaxshi qo‘shiq”

Tanlov muddati: 2026-yil 4-sentabrga qadar.
Tanlovda ishtirok etish uchun Ma’naviyat bo’limi boshlig’i Oybek Ikromovga va fakultet dekanlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Eng munosib ijodiy ishlar saralanib, g‘oliblar universitet tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.

Aziz talabalar! O‘z ijodingiz, iste’dodingiz va Vatanga bo‘lgan muhabbatingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


🌟Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun:
1.
🌎 ipuedu.uz saytiga kiring;
2. Royxatdan oting;
3. Shartnomangizni yuklab oling!

📞Aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 (Samarqand)
😎 Yozish

💠Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun kochasi, 11A-uy

📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Joyi soy MFY, Yasmin kochasi, 11-uy

🕊 Telegram|📱 Instagram|🌍 Web-sahifa
🔥5❤1👍1
August 28, 2026 1.5K 3