Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2026-yil 8–10-oktabr kunlari… — ipuedu_uz | Расмий канал — TG.ME

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2026-yil 8–10-oktabr kunlari “Ilm-fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Hurmatli hamkasblar!

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti sizni 2026-yil 8–10-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ilm-fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.

Ishtirokchilar: butun dunyodan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar, magistrantlar, talabalar, soha mutaxassislari va olimlar.

ANJUMAN SHO‘BALARI:

I. Aniq fanlar: matematika, fizika, informatika, statistika va ma’lumotlar tahlili, amaliy matematika va matematik modellashtirish.

II. Muhandislik fanlari: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, neft va gaz sanoatidagi ilg‘or texnologiyalar, energetika tizimlari va energiya tejamkor texnologiyalar, konlarni o‘zlashtirish va qatlam muhandisligi, sanoat xavfsizligi, xavflarni boshqarish va ishonchlilik muhandisligi.

III. Tabiiy fanlar: fizika va zamonaviy fizik texnologiyalar, kimyo va kimyo texnologiyalari, neft-gaz sektorida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish, biologiya, biotexnologiya va bioinformatika, neft va gaz konlarini qidirish va qatlamlarni tavsiflash.

IV. Ijtimoiy-gumanitar fanlar: iqtisodiyot va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, pedagogika va zamonaviy ta’lim texnologiyalari, psixologiya va ijtimoiy jarayonlar, falsafa, sotsiologiya va huquq, filologiya, lingvistika va madaniyatshunoslik.

Ishtirok etish shakllari:
— plenar ma’ruzalar;
— sho‘ba ma’ruzalari;
— maqolalarni nashr etish.

Ishtirok etish shartlari:

Konferensiyada ishtirok etish uchun ishtirokchilar 2026-yil 20-sentabrgacha onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va tezislarini .docx formatida quyidagi havola orqali yuklashlari lozim:

🔗 https://conference.ipu-edu.uz/uz/register

MUALLIFLAR UCHUN TALABLAR

Maqola quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi kerak: maqola nomi — markazga tekislangan, bosh harflarda; mualliflarning to‘liq ism-familiyalari — markazga tekislangan, kichik harflarda, shrift Times New Roman, 12 o‘lcham; mualliflarning ish joyi va shahar nomi; uch tilda annotatsiya; uch tilda kalit so‘zlar — Times New Roman, 12 o‘lcham; maqolaning asosiy matni; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati — Times New Roman, 12 o‘lcham.

Nashrga tayyorlash talablari:

Maqola Microsoft Word 2016 yoki undan keyingi versiyalarida tayyorlanishi kerak. Sahifa hoshiyalari barcha tomondan 2,0 sm. Shrift — Times New Roman, 12 o‘lcham; satrlar oralig‘i — bir qatorli; xatboshining birinchi qatori chekinishi — 1,25 sm; matnni tekislash — ikki tomondan (Justify); so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish — avtomatik. Sahifa raqamlari sahifaning pastki qismida, markazda joylashtirilishi kerak.

Formulalar, rasmlar va jadvallar Microsoft Equation Editor yordamida yaratilishi kerak; rasmlar va jadvallar sarlavhaga ega bo‘lishi va ketma-ket raqamlanishi lozim.


Maqolalar 2026-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

🌐 Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar: konferensiya gibrid — onlayn va oflayn shaklda o‘tkaziladi.

Anjuman to'plamida maqola chop etilishi bepul.

🌐 Veb-sayt:
https://conference.ipu-edu.uz/

📧 Elektron pochta:
[email protected]

📞 Telefon:
+998 97 720-30-66

👨‍🏫 Bog‘lanish: Anjuman tashkiliy qo‘mitasi, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori Komolov Dilshod Pulatovich.

📍 Manzil: 11A, Jayxun ko‘chasi, Qarshi shahri, 180000, O‘zbekiston.

🌐 https://conference.ipu-edu.uz/

📞Abituriyentlar uchun aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 (Samarqand)
😎 Yozish

🕊 Telegram|📱 Instagram|🌍 Web-sahifa
❤7🔥3👍1
August 30, 2026 2.3K 29