Channels
Top 100TrendingNew
Categories
CryptoGamingNewsEntertainmentMusicSportsTechGamblingBots and mini appsFinanceBusinessEducationLifestyleHealthTravelAutoFashionJobsDatingDeals and shopping
Stickers
StickersEmojiThemesWallpapers
BotsGiftsTools
Theme
CurrencyUSD
$US DollarUSD₽Russian RubleRUB€EuroEUR₴Ukrainian HryvniaUAH₸Kazakhstani TengeKZT₺Turkish LiraTRYzłPolish ZlotyPLN₪Israeli New ShekelILSAEDUnited Arab Emirates DirhamAEDR$Brazilian RealBRLRpIndonesian RupiahIDRRMMalaysian RinggitMYR¥Japanese YenJPY₩South Korean WonKRWCN¥Chinese YuanCNY
EnglishРусскийEspañolPortuguês (Brasil)ArabicPersianBahasa IndonesiaFrançaisDeutschTürkçeBahasa MelayuItalianoNederlandsO'zbekPolskiБеларускаяУкраїнськаҚазақша한국어中文日本語CatalàSuomiHebrew
ChannelsCategoriesStickersBotsGiftsTools
PremiumWikiGlossaryLegal
NotificationsSettingsLog in

An open web layer over public Telegram — search, stats and channel reading right in your browser, no account, no install.

Not affiliated with Telegram FZ-LLC; all data comes from public sources.

Catalog

Top channelsCategoriesCountriesSearch

Content

StickersEmojiGiftsThemesWallpapers

Help

ToolsWikiGlossaryBlockchainSafetyPremiumAdvertisersAdvertising
© 2026 TG.ME · G.Media network· Updated 10/15/2026 · v0.2.0 · 707170e
PrivacyTermsDMCA & complaintsReport a violation

Nodir Nishonov – Susambil

@insusambil · 5.7K subscribers

Real audienceCreated in 2022

Susambil, Qurultoy va Dervish_nod loyihalarining muallifi Nodir Nishonovning kanali 📚🏹 YouTube: https://www.youtube.com/c/SUSAMBILolami Takliflar & Hamkorlik: @profsoyuz_influence

Open in Telegram

Information

Username@insusambil
CreatedJanuary 5, 2022
Linkt.me/insusambil
Discussion1700980196
Paid reactionsAvailable
5.7K
Subscribers
1.4K
Average reach
24.4%
Engagement (ER)
-0.9%
Growth over 23 days
Full stats →
PostsMediaStatsSimilarReviews
⌘K
Newest first
Newest firstOldest first
Share channel “Nodir Nishonov – Susambil”

The short link opens the channel straight in the Telegram app — not in a browser tab.

tg.me/go/insusambil

Is this your channel? Add @tgme as admin — and see how many people click your links. Get the stats →

Channel history

Channel created January 5, 2022per Telegram

We have been tracking it since September 9, 2026

In all that time the channel has changed neither its name, nor its @username, nor its avatar.

We show only what we have seen ourselves.

Discussion1700980196

Reviews

0
Log in to leave a reviewLog in

No reviews yet

Be the first to share your experience with this account.

Write a review

Where to next

FUFutboltv ⚽️1.6M subscribers
Open
ISISHBOR TOSHKENT1.4M subscribers
Open
DIDIETOLOG DILYA ASLIDDINOVNA RASMIY️️1.3M subscribers
Open
ISISH BOR1.2M subscribers
Open
XI🎵 XITMUZON | MUZIKA 20261.2M subscribers
Open
MOMoshina Bozorim1.1M subscribers
Open
ISISHBOR Toshkent1.1M subscribers
Open
TOTOSHKENT NAVOIY1.1M subscribers
Open
PostsMediaStatsSimilarReviews
#kinonews

“Empire” jurnali muqovalarida yangi “Dyuna”

@boredpandablog
697 27Oct 15
☄️
ZULMAT HUKMDORI SAURONNING QAYTISHIGA ATIGI BIR OY QOLDI!

Yangi mavsum bizga urush girdobida qolgan O‘rtadunyo va o‘z hukmronligini tobora mustahkamlab borayotgan Sauronni ko‘rsatishi va’da qilingan. Chunki Eregion saltanati qulaganidan besh yil o‘tib, Sauron lashkarlari va uning xizmatkorlari butun O‘rtadunyo bo‘ylab izg‘ib yurishni boshlaydi. Qora Hukmdorning soyasi quyuqlashib, ozod xalqlarning taqdiri qil ustida qoladi ......

#TheRingsOfPower #QudratUzuklari #UzuklarHukmdori #Amazon

@insusambil
1.1K 25Oct 14
☄️
BREAKING: Marvel Studios rasman “Zodiak” serialini e’lon qildi!

Mazkur josuslik trilleri premyerasi 2028-yilda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 2027-yilning oktyabridan boshlab har yili bittadan chiqadigan “Marvel zombilari” bo‘yicha uchta maxsus epizod ham taqdim etildi. Muhimi, “Zodiak” seriali Britaniya siyosiy trilleri janrida suratga olinadi.

Hozirda uchta bosh qahramon: ikki erkak va bir ayol roli uchun britaniyalik aktyorlar orasida kasting o‘tkazilmoqda. Qahramonlar mutlaqo yangi bo‘lib, komikslarda ularning prototipi yo‘q.

Xabarlarga ko‘ra, loyiha Metyu Riz va Kerri Rassell ishtirokidagi “Amerikaliklar” serialini yodga soladi. Uning “Q.A.L.Q.O.N. agentlari” yoki “Maxfiy bosqin” bilan bog‘liqlik joylari bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.

Manba: Knight Edge Media.

@insusambil
989 16Oct 14
⚡️
Bo‘ldi. Chiqdi. Kutmaymiz. Ko‘ramiz

Faqat eslatib o‘taman, film franshizaning asosiy syujetidan oldingi voqealar bayon qilingan “Sehrgarning jiyani” kitobi asosida suratga olingan (sehrgar rolini Deniel Kreyg ijro etgan). Unda Narniyaning yaratilishi hamda hali Jadis nomi bilan tanilgan Oq jodugarning (Emma Maki) shakllanish tarixi ko‘rsatiladi.

👉 https://youtu.be/gDJ-ini7fF0?si=QYI3N4fEAblwnuxt

@insusambil
1.4K 21Oct 13
⚡️
Gretta Gervig va Netflix hamkorligi mahsuli bo‘lgan yangi “Narniya”ning ilk posteri.

Treyler bir necha soatdan so‘ng e’lon qilinadi. Loyiha premyerasi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

@insusambil
1K 19Oct 13
"Breaking Bad" seriali yulduzi ArJey Mitti 34 yoshida vafot etdi! 🧊


Aktyor o‘limining rasmiy sababi hozircha oshkor qilinmadi. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, Mitti o‘z joniga qasd qilgan. Huquq-tartibot organlari vakillari aktyor o‘limi holatlari bo‘yicha tergov davom etayotganini ma’lum qildi.

Aktyor 1992-yilda tug‘ilgan va bolalar serebral falajidan aziyat chekkan. Mittiga eng katta mashhurlikni "Breaking Bad" serialidagi kichik Uolter Uayt roli keltirgan. Serial mashhurligi ortidan Mitti nogironlik va inklyuziya masalalari bilan shug‘ullana boshladi, jumladan, United Cerebral Palsy va Shriners Children’s tashkilotlarining elchisi bo‘ldi.

Aktyor, shuningdek, "Diksilend" kriminal dramasi, "Haydovchi kerak" dramediyasi, "Qaytish" ilmiy-fantastik xorrori, "Triumf" sport dramasi va boshqa loyihalarda ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

@insusambil
986 38Oct 13
🔥
Geek madaniyati muxlislari uchun yaxshi yangilik! Biz sevimli geek olamlarimiz haqida jonli suhbat qurishga qaror qildik.

Xullas, 20-oktyabr kuni, soat 19:00 da Sahna Stand-Up klubida "Bu boshqa gap" nomli shouda barchangizni kutib qolaman! Shouda nafaqat Geek olamlari atrofidagi qiziqarli suhbat, balki ko‘taringki kayfiyat va kulgu ham kafolatlanadi!

Chiptalarni shu yerdan olsangiz bo‘ladi
🚀
https://t.me/sahnastandup_bot/?start=e_601716d1-a269-4366-86d6-3f019c2db5b7
1.1K 21Oct 12
Kecha yana tog‘lar tomon yo‘l oldim. Nihoyat, shahar g‘ala-g‘ovuridan biroz uzoqlashib, shunchaki tabiat qo‘ynida bo‘lish nasib qildi. Ilgari bunday sayrlar meni unchalik qiziqtirmasdi. Hozir esa negadir bunday hordiq tobora ko‘proq yoqyapti. Ayniqsa, shaharda tinimsiz nimadir sodir bo‘lib, atrof shovqin, odamlar, tashvishlar bilan to‘lib-toshgan va hayot qandaydir shiddatli sur’atda ketayotgan bir paytda. Bunday damlarda bularning barchasidan uzoqlashib, biroz sukunatda qolging keladi kishi.

Zotan, men doim introvert bo‘lganman. Katta davralarni, bazmlarni va har xil yig‘inlarni yoqtirmasdim. Ba’zida bu xarakterim menga hatto xalaqit berganmikan, deb ham o‘ylab qolaman. Axir odamlar bilan kam muloqot qilsang, yangi tanishlar kamayadi, ma’lum ma’noda o‘zingni o‘zing cheklab qo‘yasan. Boz ustiga, muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p muloqot qilish, tanishlar orttirish, odamlar orasida bo‘lish muhimligi haqida tez-tez gapirishadi. Buning ham o‘z haqiqati bor. Lekin bu haqiqat men uchun emas shekilli.

Ammo so‘nggi paytlarda voqealar markazida bo‘lishim mutlaqo shart emasligini tobora ko‘proq his qilyapman. Doim qayergadir borish, hamma bilan muloqot qilish va tinimsiz harakatda bo‘lishni istamayapman. Menga o‘z ishlarim bilan shug‘ullanish, o‘zligimcha qolish va yaqinlarim bilan vaqt o‘tkazish ancha qulayroq.

Har doim ham hayot qaynayotgan joyda bo‘lish shart emas. Ba’zida to‘xtab, biroz o‘z maromingda yashashning o‘zi kifoya. 🌳🍁🍂

@insusambil
1.3K 33Oct 11
⚡️
”Vikinglar” seriali ishqibozlari sho‘ttami?

Xullas, sizlarga ajoyib yangilik bor. Afsonaviy "Vikinglar" seriali ijodkorlari yaratgan "Qonli oybolta" seriali 2027-yil 20-yanvarda ekranlarga chiqishi ma’lum bo‘ldi.

Bu Erik Qonli Bolta hamda uning rafiqasi, Qirollar onasi Gunnhildning Norvegiya taxtiga ko‘tarilishi haqidagi ekran sagasi. Ikkinchi mavsum syomkalari ham hozirning o‘zida boshlab yuborilgan.

@insusambil
1.2K 15Oct 11
⚡️
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” serialining uchinchi mavsumi kadrlarida Barad-dur ichidagi Sauron ko‘rinish berdi.

Serial 11-noyabr kuni ekranlarga qaytadi.

@insusambil
1.3K 28Oct 11
☄️
O‘zbekistonda teatr uzoq va murakkab tarixga ega. XX asr boshlarida jadidlar uni shunchaki ko‘ngilxushlik emas, balki ma’rifat va jamiyatni o‘zgartirish vositasi deb bildilar. Keyinchalik sovet o‘zbek teatri paydo bo‘ldi, professional sahna, rejissyorlik va aktyorlik maktablari shakllandi. So‘nggi yuz yil ichida teatr jamiyat bilan birga o‘zgarib bordi. Xo‘sh, u bugungi kunda qanday holatda? O‘zbek teatriga yangi shakllar, yangi mualliflar, tomoshabin bilan muloqotning yangi tili kerakmi? Uning kelajagini belgilaydigan o‘zgarishlar bugun sodir bo‘lyaptimi? Bu haqda teatrshunos, tanqidchi va "Shams-i-Qamar" teatr-studiyasining badiiy rahbari Qamariddin Ortiqov va "Shams-i-Qamar" teatr-studiyasining iqtidorli aktyori Muxtor Asrorov bilan suhbatlashamiz.

👉 https://youtu.be/x5Gw7W9bdzo

@insusambil
1.4K 18Oct 9
⚡️
Joan Rouling “Garri Potter” olami bo‘yicha ikkita yangi kitob chop ettiradi!

Professor Minerva Makgonagall hamda egizaklar Fred va Jorj Uizli haqida hikoya qiluvchi kitoblar fevral oyida “Bloomsbury Publishing” nashriyotida chop etiladi, deb yozadi Collider.

Ular franshizaning sevimli qahramonlari haqidagi sara iqtiboslar va qiziqarli faktlar jamlangan rasmli qo‘llanmalar — “Pocket Potters” turkumidan joy oladi.

Bungacha Garri, Ron Uizli, Germiona Greyndjer, Polumna Lavgud va professor Albus Dambldor haqidagi to‘plamlar nashr etilgan edi.

Fred va Jorj haqidagi son uchun illyustratsiyalarni rassom Xelen Bredi chizgan, Minerva Makgonagall haqidagi kitobni esa Natali Smilli bezatgan.

@insusambil
1.6K 34Oct 9