Oldingi musulmon xalqlari bir-birini oson tushunganining sababi… — Fikriyat. — TG.ME

Oldingi musulmon xalqlari bir-birini oson tushunganining sababi tillarining yarmidan koʻp qismi arab va fors tili kalimalaridan iborat boʻlgani edi. Hozirgi tilimizga bu oʻta yot boʻlib koʻrinadi, ammo ajdodlarimiz uchun normal holat edi bu. Va oʻrtacha savodli musulmon oʻzining tilidan tashqari arab va fors tillarini bilishi odatiy hol hisoblangan. Chunki kundalik lugʻatda bu tillar soʻzlaridan faol foydalanilgan. Eski Usmonli/Eski turk tili ham xuddi shunday boʻlgan. Shu bois ham qadimda elchilar, savdogarlar oʻzaro muloqotda bir-birini qiyinchiliksiz tushuna olgan. Hatto fors va turklar gaplashganda ham umumiy lugʻatlar sabab maʼlum miqdorda oʻzaro tushunish mavjud boʻlgan. Biz mana shu madaniyatni qayta tiriltirishimiz kerak.

Yuqoridagi suratlar Ishoqxon Ibratning "Mezon uz-Zamon" kitobidan.
❤8
July 11, 2026 565 3 1