Niyatning ahamiyati juda katta Dedilarki, misol uchun bir odam kechki… — Ilm duri — TG.ME

🌿Niyatning ahamiyati juda katta

Dedilarki, misol uchun bir odam kechki payt uyidan ko‘chaga chiqdi. Tomorqasida bir ketmon turganini ko‘rdi, qo‘shnimning ketmoni esidan chiqib qolibdi-da, uyimga olib kirib qo‘yaqolay, bu birovning omonati deb uyga olib kirib qo‘ydi. Ertalab turib qarasa, ketmon o‘ziniki ekan, qorong‘ida tanimagan ekan. Alloh taolo shu amali uchun u kishiga omonatgo‘y deb savob yozdirib qo‘yar ekan. Endi buning aksi bo‘lsa-chi? Deylik, shu odam ko‘chaga chiqsa, tomorqada ketmon turibdi, xayol qildi, qo‘shnimning ketmoni unutilib qolibdi-da. Endi buni hech kimga aytmay uyimga olib kirib qo‘yib, bildirmay ishlatib yuraveraman, dedi. Ertalab turib qarasa, o‘zining ketmoni ekan. Endi Alloh taolo bu kishining nomayi a’moliga o‘g‘ri deb yozdirib qo‘yar ekan. Qarangki, o‘zining buyumi bilan ham savobga ishladi, ham gunohkor bo‘ldi.

“Jannat sog‘inchi” kitobidan


📚 @ilm_duri
👍50😢14😨8✍5😇3🤗3
September 5, 2026 2.9K 56