MAS’ULIYAT Ibnul Asir rohimahullohning “Usdul g‘oba fiy ma’rifatis… — Ilm duri — TG.ME

📌MAS’ULIYAT

   Ibnul Asir rohimahullohning “Usdul g‘oba fiy ma’rifatis sahoba” nomli kitobida keladi:
   “Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Bishr ibn Osimni Havozindagi sadaqa va zakotlarga mas’ul qilib tayinladi. Ammo Bishr Havozinga borishga shoshilmadi. Umar roziyallohu unga uchrashib dedi:
-Nega Havozinga bormading?! Senga xalifaga itoat qilish vojib emasmi?!
   Bishr dedi:
-Vojib, ammo men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan shunday deganlarini eshitganman:
  “Kim musulmonlar ishidan biror ishga bosh bo‘lsa uni qiyomat kuni sirot ko‘prigi oldiga olib kelishadi. Agar yaxshi ishlagan bo‘lsa najot topadi, agar yomon ishlagan bo‘lsa jahannamga yetmish yillik masofaga qulaydi!”.
   Umar roziyallohu anhu uning oldidan xafa bo‘lib, mahzun holida qaytdi. Yo‘lda uni Abu Zarr roziyallhu anhu ko‘rib qolib dedi:
-Ey Umar! Nega xafasan?!
Umar roziyallohu anhu dedi:
-Nega xafa bo‘lmay?! Menga Bishr ibn Osim shunday-shunday dedi! Mendan bu xalifalikni oladigan biror kishi bormi?!”,

   Insonlarga boshliq bo‘lish sharaf emas, majburiyatdir. Amaldor bo‘lish faxr emas, mas’uliyatdir.
  Oila boshlig‘i, mahalla raisidan tortib mamlakat rahbarigacha barchaning gardanida katta mas’uliyat bordir. Mansab pora bilan sotib olinadigan narsa emas. Mansabdor qiyomatda qo‘l ostidagilarning har biridan shaxsan so‘raladi.
   Agar biror ishga mas’ul bo‘lib qolsangiz Allohdan qo‘rqib Unga itoat qiling bo‘ldi, najot topasiz. Aks holda mas’uliyatdan qutiling, mansabdan chetlaning va o‘zingizni do‘zaxdan qutqaring!!!

📚 @ilm_duri
😢20🤝5👍3
September 3, 2026 2.2K 23