Aliy ibn Husayn rahimahullohdan so‘rashdi:
-Siz onasiga yaxshilik qiladigan kishilardan sanalasiz. Ammo nega u kishi bilan ovqatlanmaysiz?
Aliy dedilar:
- U kishi yemoqchi bo‘lib qo‘l cho‘zgan narsalarini olib qo‘yib oq bo‘lmaslik uchun.
-----------------
Abul Muxashsh aytadi:
"Mening bir qizim bor edi. U men bilan dasturxonda o‘tirsa ko‘zi nima yaxshi narsaga tushsa uni men tomonga surib qo‘yar edi. Uni turmushga uzatdim. Endi men bilan o‘g‘lim birga o‘tiradigan bo‘ldi. Allohga qasamki, biror-bir yaxshi narsaga ko‘zim tushsa u mendan oldin unga qo‘l cho‘zar edi".


