Assalomu alaykum! Anchadan beri bu kanalga post joylashga vaqt topa olmadim. Lekin bugun bir kichik post yozmoqchiman. Ertaga sana 11.12 (11-dekabr). 2024-yil ham tugamoqda. Ko'p narsaga erishildi, ko'p narsa o'rganildi, qilgan ishlarimizdan ko'p xulosa chiqardik. Hamda ko'pchiligimiz 2025-yil uchun ham rejalarni tuzishni boshladik. Shu joyida kichik bir maslahat: 11.12 sanasi keyingi yilimiz uchun kuchli poydevor bo'lib berishi mumkin. Agarda bu kundan boshlab qaysidir ishni, aytaylik, sport bilan shugʻullanishni boshlasak va buni hech qanday pauzasiz 21 kun ya'ni yil yakunigacha davom ettirsak bu odat sifatida mustahkam shakllanadi, va 2025-yilgi maqsadlarimiz uchun ham yaxshi poydevor vazifasini bajarib bera oladi. Shunday ekan, ertangi kunni muhim kun sifatida ko'rishimiz va maqsadlarimizga eltuvchi kichik bir harakatni shu kundan boshlashimiz mumkin bo'ladi. Bu esa yangi yilda shu boshlagan ishimizni to'xtovsiz davom ettirib keta olishimizni ta'minlashi mumkin. FYI, ko'p manbalarda aytilishi bo'yicha bir ishni 21 kun davomida tanaffuslarsiz davom ettirish, bu ishni odatga aylanishini kafolatlar ekan. Xo'sh, siz 2025-yil uchun qanday maqsad qo'ygansiz? Qaysi odatlarni o'zingizda shakllantirmoqchisiz? Izohlarda javob yozib qoldiring!
Assalomu alaykum! Anchadan beri bu kanalga post joylashga vaqt topa… — Tojirakhimov Nizomjon — TG.ME
December 10, 2024 2.2K 7 8