Hurmatli Barchinoy Nodirbekovna! Maktab rahbariyati va Yoshlar… — Navoiy shahar 15-IDUM — TG.ME

Hurmatli Barchinoy Nodirbekovna!

Maktab rahbariyati va Yoshlar ittifoqi kengashi nomidan Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, faoliyatingizda doimo omad va yangi marralarni zabt etishingizni tilaymiz. Sizning yoshlarga nisbatan mehr-muhabbatingiz, tashabbuskorligingiz va yetakchilik fazilatlaringiz barchamiz uchun munosib ibratdir.

Yoshlar o‘rtasida olib borayotgan faoliyatingiz, ularga doimo g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishingiz, shuningdek, ularni ezgu ishlarga yo‘naltirib, Vatanimizga sadoqatli va bilimli bo‘lib ulg‘ayishlariga qo‘shayotgan hissangiz alohida qadrlidir.

Ishonamizki, Siz bundan keyin ham yoshlarga o‘z bilim va tajribangizni ayamagan holda ularga yo‘l ko‘rsatuvchi, ibratli sardor sifatida faoliyat yuritishda davom etasiz.

Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Sizga barcha ezgu orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.

Hurmat bilan,
Maktab rahbariyati va Yoshlar ittifoqi kengashi
🎉7👏1
September 21, 2025 752