🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌
Zarafshon shahrida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi
🇺🇿Zarafshon shahrining Bahor mahalladi hududida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Oltin qadam” MTTning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
➡️Tadbirda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, hokim o‘rinbosarlari, hududdan saylangan deputat D.Baxronova, mutasaddilari, mahalla yettiligi aʼzolari, nuroniylar hamda faol fuqarolari ishtirok etishdi.
🎤Tadbirda Zarafshon shahar hokimi so‘zga chiqib, barcha yig‘ilganlarni Yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, barcha zarafshonliklarni zamonaviy va ko‘rkam bolalar bog‘chasining ish boshlagani bilan tabriklab, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan tadbirkorga omad va muvaffaqiyat tiladi.
🔖Shundan so‘ng, nuroniylar tomonidan ramziy qizil tasma kesilib, "Oltin qadam" bog‘chasi rasman o‘z faoliyatini boshladi.
✔️Ochilish marosimidan so‘ng shahar hokimi boshchiligida tadbir ishtirokchilari bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashkilot rahbari tomonidan yaratilgan qulayliklar va ish faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
✨Tadbir yakunida nuroniy otaxonlar boshchiligida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz obodligi hamda yangi MTT faoliyatining rivoji uchun duolar qilindi.
📣Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |