“Kecha so’ngi o’yinimni o’tkazdim va allaqachon moviy-oq rangli libosni sog’inishni boshladim. Bilaman, men to’g’ri qarorni qabul qilayapman. Ishonib bo’lmas yo’l bosib o’tildi, xursandchiliklarga va ba’zi bir qayg’uli onlarga to’la yo’l. Bu yo’l davomida bosib o’tgan har bir qadamim arzigulik bo’lganiga ishonchim komil”.
“Aytadigan gaplarim ko’p, barcha hissiyotlarimni so’zlar bilan yoki post orqali ifodalashning iloji yo’q. Bu sayohat oilamsiz, qiyin paytlarda ularning qo’llab quvvatlovisiz imkonsiz bo’lar edi”.
“Do’stlarim, jamoadoshlarim va birga ishlagan murabbiylarim, ularning shtabi muhim ahamiyat kasb etishdi. Albatta, Diegoni ham unitmoqchi emasman, aynan u vatanimzini munosib bo’lgan darajaga olib chiqdi va har doim aytganimdek, u bizga har bir qadamimizda yonimizda va yuroqidan turib yordam berganini bilaman”.
“Faoliyatim davomidagi klublarga ham har mening hissiyotlarimni hurmat qilishgani va terma jamoa libosini kiyishim kerak bo’lgan paytda vatanin uchun o’zimni bag’ishlashimga ruxsat berishgani uchun rahmat aytaman. Va albatta, Xudodan minnatdorman, uning izni va irodasisiz biz bunchalik uzoqqa kelishni orzu ham qila olmagan bo’lardik”
“Barchadan minnatdorman, men sizlarni sog’inib qolaman va har doim bizning, mening yonimda bo’lib kelganingiz uchun sizlarga rahmat aytaman”.
✅@vamosfarrukh










