🛒 Paxtaobod dehqon bozorida oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi
♻️ Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan dehqon bozorida sanitariya targ‘iboti va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya talablariga muvofiqligi, ularning saqlanishi va sotilish sharoitlariga e’tibor qaratildi.
🧪 Shuningdek, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan mahsulotlar yuzasidan kunlik ekspertiza xulosalari berilayotganligi monitoring qilindi.
⚠️ Mutaxassislar tomonidan savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya talablariga rioya qilgan holda saqlash va realizatsiya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Bunday nazorat tadbirlari aholi dasturxoniga xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetib borishini ta’minlashga asos bo’ladi.
September 8, 2026 94

