🕌 ABU BAKR SIDDIQ MASJIDI
Madinai Munavvaradagi tarixiy qadamjolardan biri — Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu nomidagi masjid.
Masjid buyuk sahoba, Rasululloh ﷺning eng yaqin do‘stlari va birinchi xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu nomi bilan atalgan.
Bu maskan ziyoratchilarga sahobalarning hayoti, sadoqati va Islom yo‘lidagi fidoyiligini yodga soladi. 🤍
🌿 Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o‘zlarining iymonlari, sadoqatlari va go‘zal axloqlari bilan musulmonlar uchun ulkan ibrat bo‘lib qolganlar.
📍 Madinai Munavvara
🕌 Abu Bakr Siddiq masjidi
🤲 Alloh taolo bizlarga ham sahobalardek go‘zal iymon va mustahkam sadoqat nasib etsin.


