VATANIMIZ MUSTAQILLIGI — BUYUK QADRIYATIMIZ!
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror elektr ta’minotini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan tizim xodimlari barcha yurtdoshlarimizga o‘zlarining samimiy bayram tilaklarini yo‘lladilar.
Elektr energetikasi sohasida mehnat qilayotgan har bir xodimning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz osoyishtaligi va farovon hayotini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!