MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA BAG‘DODDA YANGI QUVVAT — YANGI IMKONIYAT
Mustaqillik bayramining 35 yilligi arafasida Bag‘dod tumanidagi “Naʼmuna” podstansiyasining quvvati oshirildi.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan avvalgi 6 300 kVA quvvatli transformator o‘rniga 10 000 kVA quvvatli yangi kuch transformatori o‘rnatildi. Natijada podstansiya quvvati 3 700 kVA ga oshirildi.
Bu yangilanish Bag‘dod tumanidagi aholi, ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada ishonchli ta’minlash, tarmoq yuklamalarini maqbullashtirish hamda elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi transformator podstansiyaning kelgusidagi yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini ham kengaytirib, hududning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarning bir qismidir.
Batafsil






