#Uzb35
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN – ELEKTR TA’MINOTIDA TAYYORGARLIK
Toshkent shahrida О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali teatrlashtirilgan konsert tomoshasiga qizg‘in tayyorgarlik kо‘rilmoqda.
Ayni paytda bayram tadbiri о‘tkaziladigan hududda elektr ta’minotining barqaror va ishonchli ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va uskunalar texnik kо‘rikdan о‘tkazilmoqda. Kabel liniyalari, taqsimlash qurilmalari hamda elektr uskunalarining holati tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Zarur hollarda qо‘shimcha choralar kо‘rilib, zaxira elektr ta’minoti tizimlari ham shay holatga keltirilmoqda.
Mazkur ishlar sahna yoritilishi, ovoz kuchaytirish tizimlari, multimedia va boshqa texnik vositalarning uzluksiz ishlashini kо‘zda tutadi. Asosiy maqsad – bayram tadbiri davomida elektr ta’minotida uzilishlarga yо‘l qо‘ymaslik, texnik tizimlarning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash.
Ayni kunlarda poytaxtda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari barcha yо‘nalishlarda izchil davom etmoqda.







