—Ha, tinchlikmi?–darvoza oldida ikki oʻgʻli bilan turgancha yigʻlagan qizini koʻrib ona.
—So'ramang, eski hammom eski tos,–dedi qiz.
Bu uydan sira qadami uzilmaydigan xola ham shart darvoza oldiga chiqdi.
Bolalarni ichkariga kirgizib yuborib:
—Nima boʻldi?–dedi xola.
—Men choy damlab kelay,–deb oʻrnidan turdi ona.
Qiz alam bilan:
—Erim figurang(qomating) xunuk,–deb haydab yubordi dedi.
Xola:
—Erkak boʻlmay oʻlgur, qaynonang qarshilik qilmadimi?–dedi.
Qiz:
—Yo'q,–dedi yigʻlab.
Onasining qoʻlida choynak -piyolani koʻrgan qizning alami yanada oshdi:
—Oyimcha qanilar? Nega siz xizmat qilib yuribsiz?–dedi.
Bu ayol Saʼdiyning toʻngʻich opasi boʻlib, kelinlik xonadonida jonini Jabborga berib mehnat qilsa ham koʻngildagidek rafiqa boʻla olmagandi. Surayyoga yaratib berilgan sharoitlar uning xasadini keltirar, u qanday muomala koʻrgan boʻlsa Surayyoga ham shunday qilib, alamini oluvchi nishon qilib olgandi.
—Yoshlar togʻga ketishgan. Ukang baraka topgur keliningiz siqilib qoldi, deb havolatgani olib ketdi,–dedi.
—Menga oʻxshab xizmat qilib, oʻgʻil tugʻsa, dunyoni kezdiradimi?–dedi.
—Senga nima? Shu pismiqchalik eringni jilovlay olmading,–dedi xolasi.
—Surayyoni yonini olyapsizmi, xola?–dedi koʻzidan yosh oqib.
—Olamanda, figurangni alamini nega undan olyapsan?– choy ichgach,—Agar Surayyochalik goʻzalliging va pismiqliging boʻlganda, ering ustingdan zar sochardi, bilasanmi!–dedi.
—Bilmayman xola! Oʻzi aytadiyu, og'zi qiyshiq boʻlsa ham boyning bolasi gapirsin, deb. Oʻzingiz topgan kelinga til tekkizmaysiz,–dedi.
—Menga qara, sen tuqqan ikkita oʻgʻilning bittasi menda boʻlganda men kim boʻlardim, bilasanmi?
—Voy, Xudo xola bilmayman,–dedi ayol asabiylashib.
—Sulton boʻlardim men sulton. Meni ham jo'n qoʻyishgan deb oʻylaysanmi? Toʻrtinchi qizim tugʻilgan paytda qaynonam bu oʻgʻil tugʻolmaydi, oʻgʻlimni oʻgʻlini koʻrolmay, dunyodan oʻtib ketaman, deb meni pochchangdan ajratishmoqchi boʻlishgan,—uni diqqat bilan eshitib turgan ona va qiz:
—Keyinchi?–dedilar hayratda.
—Abdusalom ham bunga rozi edi. Men oilamni saqlash uchun pochchangni oʻzimga isitib olgandim. Qaynonam ham, boshqalar ham lom-lum deyisha olmadi,–dedi.
Ayol:
—Lekin bu amal yaxshi emas, deyishadiku?!–dedi.
—Bir oilani saqlab qolish uchun man qilingan narsalarga ham ruxsat berilgan. Men Xudodan oʻtinib soʻrab, qilganman. Boʻlmasa, bolalarim yetim oʻzim esa ajrashgan boʻlib qolib ketardik. Bunday sodda boʻlma! Saʼdiy Surayyoni tug'olmasa ham ajrashmadi, nima deb oʻylaysan?–dedi.
—Demak, u ham...
—Surayyo tugʻmaydi, uning figurasi (qomati) buzilmaydi. Sen esa burningni oqizib yurma, ertaga men bilan folbinga borasan,–dedi.
—Lekin xola...–dedi labini tishlab ayol.
—Nima er kerakmasmi senga?–dedi xola.
Aslida chin boʻlganlarni hech qanday sehr va amal oʻzgartira olmaydi.