🔥 45 kunlik intensivga qabul: Brifni bajaring va safimizga qo‘shiling!
Darslarda ishtirok etish uchun ushbu havolada keltirilgan maxsus test vazifasini (brifni) bajarishingiz hamda o‘z portfolio va motivatsion xatingizni (maksimum 200 – 300 so‘z) yuborishingiz kerak. Barcha ishlar jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi va faqat eng yaxshi yechim egalari qabul qilinadi.
📝 BRIF YECHIMIDAN TASHQARI NOMZODLAR UCHUN ASOSIY TALABLAR:
• UI/UX Dizaynerlar uchun:
Portfolio: Kamida 2-3 ta real loyiha (case study). Faqat “dribbble shot”lar emas, balki loyihaning boshlanishidan oxirigacha bo‘lgan jarayon ko'rsatilgan bo'lishi kerak (PDF, Behance, Figma yoki shaxsiy sayt orqali).
Motivatsion xat: Nima uchun aynan shu kursda qatnashmoqchisiz? 45 kunlik intensiv darslarda nimalarni o‘zlashtirishni maqsad qilgansiz? (Maksimal 200-300 so‘z).
Tajriba: UI/UX yo‘nalishida 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan mehnat tajribasi.
Texnik bilimlar: Figma dasturida erkin ishlash va asosiy dizayn tamoyillarini (Typography, Grid, Color Theory) mukammal bilish.
• Brending dizaynerlari uchun:
Portfolio: Kamida 2-3 ta real loyiha (case study). Faqat “Behance shot”, alohida logo yoki posterlar emas, balki loyihaning boshlanishidan oxirigacha bo‘lgan jarayon ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (PDF, Behance, Figma yoki shaxsiy sayt orqali).
Motivatsion xat: Nima uchun aynan shu kursda qatnashmoqchisiz? 45 kunlik intensiv darslarda nimalarni o‘zlashtirishni maqsad qilgansiz? (Maksimal 200-300 so‘z).
Tajriba: Brending yo‘nalishida 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan mehnat tajribasi.
Texnik bilimlar: Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel, Figma kabi dizayn dasturlarida va asosiy dizayn tamoyillarida (Typography, Grid, Color Theory) mukammal ishlash ko'nikmasi.
📥 Yuborish tartibi: Tayyor brif yechimi, portfolio va motivatsion xatni ushbu havoladan o‘tib, yuboring:
⏳ Dedlayn: 2026-yil 20-fevral kun yakunigacha
O‘z ustingizda ishlash va kuchli keyslar yaratish vaqti keldi.
Barchaga omad tilaymiz!