✅Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi
“Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–242-son, 10.11.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, quyidagilar mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish bo‘yicha milliy dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
🔹 davlat dasturlarini mahallalarning talab va ehtiyojlari asosida shakllantirish;
🔹 tuman (shahar) budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqish;
🔹 mahalla buyurtmalari yuzasidan 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qilish tartibini joriy etish.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot




