Buni aynan IFO uchun yozildi deb tushunmanglar. Yil davomida… — GeoPorism — TG.ME

Buni aynan IFO uchun yozildi deb tushunmanglar.

Yil davomida so'ralganlari ko'p, bu kabi olimpiadalar son mingta; Yaqinda ko'p so'ralgani aynan ushbu olimpiada bo'ldi (balkim, deadline ga oz qolgani uchun ko'pchilikda qatnashsammi yoki yo'qmi degan savol ko'paygandir).

IFO ni tashkil qiladigan Rimdagi markazga ham norozilik deb qabul qilinmasin. Yoki Uzbdagi tashkilotchilarga ham.
Ular biror-bir xato ish qilayapti deb bilmayman, ular uchun bu - oddiy biznes!

Muammo qayerda bo'ladi: kimdir buni commercial, hech narsani hal qilmasligini, bundan ko'ra bir oylik ($20 ga) kurs/kitob yaxshiligini tushunmaydi, lekin butun bir maktabni qatnashishga majburlaydi, kamida dav'at qiladi! Maktab pul to'lamaydi, o'qituvchiga tushadi, o'qituvchi o'quvchilarni qatnashishga chorlaydi... oxiri qanaqadir tashkilotga pul yig'ib berishadida.
(Singapore yoki Japon nomlari bilan bog'lanuvchi olimpiadalarda ham ko'p kuzatilgan edi; maktab-maktab bo'lib pul to'lab qatnashishadi! balkim bu - ma'lum bir hududdagi ahvoldir, boshqa viloyatlarni bilmayman).

Qo'shimcha: bittasi SEAMO degani ekan; yana bittasi Sakura ekan. Xullas, qanaqa bo'lsa ham, barchasi "purely commercial". Hatto: oldingi yilgi savollarni ham sizga berishmaydi (sababi esa o'sha-o'sha)! Birortasini saytiga kiringda oldingi yilgi savollarni topib ko'ring. Good luck!

"transparency" - yaxshi indikator!
May 15, 2025 2.9K 16