GAP | Women IT Club: #359-post

🔍 Ğoyadan innovatsiyaga: Xorazmlik qizlar texnologik yechimlar yaratmoqda

➡️Raqamli texnologiyalar vazirligi kömagida amalga oşirilayotgan GAP Women IT Club loyihasi doirasida Xorazm viloyatida xotin-qizlarning raqamli salohiyatini rivojlantiriş, sun’iy intellekt va texnologik tadbirkorlikka jalb etişga qaratilgan tadbir ötkazildi.

Tadbirni Urganç tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt böyiça örinbosari Asadbek Bobojonov hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Şaxzoda Kamalova oçib berdilar.
Uçraşuvni GAP Women IT Club loyihasining Xorazm viloyatidagi ambassadоri Risolat Ernazarova olib bordi.


🔍 Tadbirning asosiy e’tibori nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etişga qaratildi. İştirokçilar jamoalarga birlaşib, sun’iy intellekt yordamida turizm, ta’lim, ekologiya va suv resurslaridan samarali foydalaniş yönalişlarida hudud uçun texnologik yechimlar işlab çiqdilar hamda öz ğoyalarini taqdim etdilar.

🧢Şuningdek, IT Park Xorazm filiali tomonidan startap ekotizimidagi imkoniyatlar, ğoyadan loyihagaça bölgan jarayon va texnologik tadbirkorlikni rivojlantiriş mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar kelgusi 30 kun uçun şaxsiy va kasbiy rivojlaniş böyiça aniq maqsadlarini belgiladilar.

⭐️GAP Women IT Club - xotin-qizlarni texnologiyalar iste’molçisidan innovatsion yechimlar yaratuvçisiga aylantiriş, hududiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va raqamli iqtisodiyotda yangi avlod mutaxassislarini şakllantiriş sari amaliy qadam.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
27-noyabr, 2026 87 3