Inson kapitalini rivojlantiriş: ayollarning kasbiy salohiyati va…

🌏 Inson kapitalini rivojlantiriş: ayollarning kasbiy salohiyati va resurslarni oqilona taqsimlaş

🔍 Raqamli texnologiyalar vazirligi va GAP Women IT Club, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy va ijtimoiy faolligini oşiriş, şaxsiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda samarali mehnat faoliyati uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yönalişlariga muvofiq psixologik trening o’tkazdi.

📈Trening davomida inson kapitalini rivojlantirişning muhim omillari - vaqt va şaxsiy resurslarni oqilona boşqariş, hissiy zöriqiş va kasbiy çarçoqning oldini oliş, vazifalarni samarali taqsimlaş, jamoada özaro ishonçni mustahkamlaş hamda iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni saqlaş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, xotin-qizlarning kasbiy muhitda öz fikrini erkin ifoda etişi, kasbiy çegaralarini belgilaşi, qaror qabul qilişda öziga bölgan ishonçini mustahkamlaşi va yetakçilik salohiyatini rivojlantirişiga alohida e’tibor qaratildi.

🧠
Inson kapitali - taşkilotning strategik resursi. Uni rivojlantiriş kasbiy bilim va könikmalarni oşiriş bilan birga, xodimlarning ruhiy barqarorligi, taşabbuskorligi, öziga bölgan ishonçi va intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaşni ham nazarda tutadi.


🔍 Xotin-qizlarning kasbiy ösişi va şaxsiy farovonligi uçun yaratilgan şaroit - jamoa samaradorligi, boşqaruv sifati va taşkilotning barqaror rivojlanişiga qöşilgan muhim hissadir.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
22-noyabr, 2026 174 2