Treningning asosiy maqsadi — iştirokçilarning yetakçilik salohiyatini kaşf etiş, şaxsiy va kasbiy imkoniyatlarini röyobga çiqariş, şuningdek, iş jarayonida samaradorlikni oşirişga xizmat qiluvçi könikmalarni rivojlantirişdan iborat.
Taʼlim va psixologiya markazi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan maşğulotlarda vaqt va mehnat resurslarini samarali boşqariş, vazifalarni ustuvorlik darajasiga köra taqsimlaş, jamoada masʼuliyatni töğri taqsimlaş, mustaqil qaror qabul qiliş va taşabbuskorlikni namoyon etiş masalalari muhokama qilindi.
Amaliy maşğulotlar davomida iştirokçilar iş jarayonida uçraydigan turli vaziyatlarni tahlil qilib, öz fikrini işonç bilan ifodalaş, jamoani samarali boşqariş, kasbiy masʼuliyatni his etiş va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalaniş böyiça könikmalarini mustahkamladilar.
Bunday taşabbuslar xotin-qizlarning yaşirin yetakçilik qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, ularning kasbiy ösişi va boşqaruv jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş, şuningdek, inson kapitalidan samarali foydalaniş orqali taşkilotlar faoliyati natijadorligini oşirişga xizmat qiladi.