GameFest.Uz: post #677 — TG.ME

GameFest 2026 doirasidagi yana bir muhim natijalardan biri - o‘yin va kreativ sanoatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik platformasini tashkil etishga qaratilgan Anglashuv memorandumining imzolanishi bo‘ldi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Uzbekistan Creative Association, Behold VC (Shvetsiya), Kameha VC (Fransiya) va FirstPoint VC (Turkiya/Hongkong) hamkorligida o‘yin industriyasi, raqamli kontent ishlab chiqarish, ta’lim va kreativ texnologiyalar yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan. Jumladan yangi tashkil qilingan FirstPoint VC fondning 50 million yevrolik investitsiyalari uchun Markaziy Osiyo ustuvor mintaqalardan biri bo'lishini e'lon qildi.

Memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

• Xalqaro hamkorlik va Co-Production imkoniyatlarini kengaytirish
• Yosh iste’dodlarni rivojlantirish va ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash
• Investitsiyalar va startup ekotizimini rivojlantirish
• Tajriba almashish va sanoat hamkorligini kuchaytirish
• Markaziy Osiyo kreativ industriyalarining xalqaro maydondagi ko‘rinishini oshirish

Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda gamedev va kreativ sanoatni rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.


GameFest 2026’ni O‘zbekiston va butun mintaqa kreativ industriyalari uchun muhim bosqichga aylantirishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlar, investorlar, spikerlar, studiyalar va xalqaro mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
👍4❤1🔥1
July 17, 2026 506