👾 Industry News #002 👾
GameFest 2026 davomida AI bo'yicha sessiyalarimizning asosiy xulosasi bitta edi: sun'iy intellekt endi real ishlab chiqarish jarayonining bir qismiga aylandi.
#002 soni buning yaqqol isboti: investitsiyalar, yangi vositalar, bozordagi o'zgarishlar va ilk qoidalar bir vaqtning o'zida shakllanmoqda. 👇
💰 Generativ AI animatsiya sanoatining eng tez rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biriga aylandi
Bozor hajmi 2025-yildagi 2,37 milliard dollar dan 2026-yilda taxminan 3,23 milliard dollarga yetdi — bu 36% o'sish degani.
Bunga nima sabab bo'lmoqda?
AI vositalari animatsiyadagi in-betweening (oraliq kadrlarni yaratish) va character rigging (personaj skeletini tayyorlash) kabi, avvallari ishlab chiqarish vaqtining 60–70% ini egallaydigan jarayonlarni avtomatlashtirmoqda.
Asosiy xulosa esa boshqacha: gap "AI animatorlarni almashtiryapti" deganida emas. Studiyalar tejalgan vaqtni endi hikoya, kreativ g'oya va o'z IP'larini rivojlantirishga yo'naltirmoqda.
🤖 AI agentlari endi o'yin dvijoklarining o'ziga kirib bormoqda
Ramen studiyasi Aura 15.0 ni taqdim etdi — Unreal Engine va Unity ichida ishlaydigan ko'p agentli AI yordamchisi. Endilikda undan cheksiz foydalanish mumkin.
Kompaniya bugungacha 40 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilgan hamda Unity uchun GitHub'dagi eng ommabop ochiq manbali AI integratsiyalaridan biri bo'lgan Coplay loyihasini sotib olgan.
Buni #001 sonida aytib o'tilgan Unreal Engine 6'ning ichki AI tizimi bilan birga ko'rsak, yo'nalish aniq: AI yordamchisi endi alohida dastur emas, balki ishlab chiqish vositalarining ajralmas qismiga aylanmoqda.
🎥 OpenAI Sora'ni yopilgan, bozor esa allaqachon keyingi bosqichga o'tdi
Sora'ning alohida ilovasi 26-aprel kuni yopildi, API esa **2026-yil 24-sentabr**da faoliyatini to'xtatadi. OpenAI bunga hisoblash xarajatlarining juda yuqori ekanini sabab qilib ko'rsatdi.
Bo'sh qolgan o'rinni esa juda tez quyidagi platformalar egallamoqda:
• Google Veo 3.1
• Kling 3.0
• Runway Gen-4.5
Amaliyotdagi kontent yaratuvchilar orasida shakllanayotgan eng muhim fikr shuki: AI video muharrirlarni emas, avvalo stok videolar bozorini almashtirmoqda.
Agar loyihalaringiz Sora asosida qurilgan bo'lsa, ularni boshqa platformalarga ko'chirish haqida hozirdan o'ylash kerak.
⚖️ AI orqali yaratilgan aktyorlar uchun ilk huquqiy qoidalar paydo bo'lmoqda
Nyu-York shtatida endilikda reklama roligida haqiqiy aktyor o'rniga AI yordamida yaratilgan inson tasviri ishlatilgan bo'lsa, bu albatta ochiq ko'rsatilishi shart.
Bu kichik ko'ringan o'zgarish muhim signal beradi: sun'iy insonlar tijorat loyihalarida keng qo'llanar ekan, ularni oshkor qilish endi faqat etik masala emas, balki huquqiy talabga ham aylanmoqda.
Mijozlar uchun AI asosidagi kontent yaratadigan studiyalar va agentliklar bu tendensiyani diqqat bilan kuzatishi kerak.
Shu bilan #002 soni yakunlandi. Ushbu yangiliklarning qaysi biri sizning faoliyatingizga eng yaqin? Fikringizni izohlarda qoldiring — #003 sonida yana uchrashamiz. Kuzatishda davom eting! 👾
#industrynews #gamefest #gamefest2026

1July 20, 2026 671 5 5