Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (Digital.uz) va Uzbekistan Creative Association (Uzca.uz) tashabbusi bilan, IT Park Uzbekistan hamda "Mirzo Ulug‘bek vorislari" hamkorligida "O‘zbekistonda GameDev va Animatsiya ekotizimini rivojlantirish" mavzusida ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbirda GameDev, Animatsiya, VFX va Dizayn yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan studiyalar, mutaxassislar, ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
🔹sohaning bugungi holati va istiqbollari;
🔹mavjud muammolar va ularning yechimlari;
🔹 kadrlar tayyorlash;
🔹 studiyalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 xalqaro bozorga chiqish va eksport;
🔹 davlat–xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
📌 Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan barcha taklif va tavsiyalar O‘zbekistonda GameDev, Animatsiya, VFX va Dizayn sohalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategik tashabbuslarni shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
#GameDevUzbekistan #Animation #VFX #UZCA










