Uchrashuv haqiqiy jangovor ruhda oʻtib, maydonda har bir qarichi uchun kurash kechdi. Raqib jamoa "Gʻazalkent" tarkibida Ispaniya chempionatida tajriba toʻplagan Lazizbek Mirzayev hamda bir qator tajribali legioner futbolchilar toʻp surishiga qaramay, "FarDU" futbolchilari oʻz mahorat va irodalarini namoyish etishdi.
Oʻyinning hal qiluvchi lahzasi 54-daqiqada yuz berdi. "FarDU" hujumchisi Boburbek Farhodovning boshi bilan yoʻllagan aniq zarbasi "Gʻazalkent" darvozasini ishgʻol qilib, jamoamizga gʻalaba keltirgan yagona golga aylandi.
Ushbu gʻalaba bilan "FarDU" ketma-ket oltinchi magʻlubiyatsiz oʻyin seriyasini davom ettirib, oʻzining barqaror oʻyinini va chempionlikka boʻlgan intilishini yana bir bor isbotladi. Bu natija nafaqat klub uchun, balki butun Fargʻona viloyatimiz sport hayotida quvonchli voqea boʻlib, universitet yoshlari uchun katta motivatsiya manbai boʻladi.
Viloyatimiz futbol muxlislari nomidan "FarDU" jamoasini ushbu yorqin gʻalaba va barqaror natijalar bilan chin dildan tabriklaymiz! Jamoaning bu muvaffaqiyati fidokorona mehnat, jamoaviy ruh va gʻalabaga boʻlgan qatʼiy ishonchning yorqin namunasidir. Ularga kelgusi oʻyinlarda ham omad va yanada yuksak marralar tilab qolamiz.
💬TELEGRAM | 📹INSTAGRAM | 📹YOUTUBE




