Ko'pchilik dushmanni yengishning eng yaxshi yo'li — unga xuddi o'zidek javob qaytarish deb o'ylaydi. Lekin aslida ularni taslim qilishning eng og'riqli usuli — shunchaki kechirish va e'tiborsiz qoldirishdir.
Nega bunday? Chunki kimgadir nafrat qilish uchun inson o'zining eng qimmatli narsasini — diqqatini va energiyasini sarflaydi. Sizni yomon ko'radigan odam yashirincha doim sizning kuzatuvchingiz bo'ladi. Siz uni kechirib, parvo qilmaganingizda, uning sarflagan butun nafratini bir pulga chiqargan bo'lasiz. Bu ularning egosiga berilgan eng qattiq zarbadir.
Biz ko'pincha hammaga yaxshi ko'rinishga harakat qilamiz. Lekin hammaga yoqishga urinish — o'zligingni yo'qotishning birinchi qadamidir. Agar hayotda sizni yomon ko'radiganlar paydo bo'lgan bo'lsa, demak, tabriklayman — siz ularning "xavfsiz hududini" buza oladigan darajada o'sib, to'g'ri yo'nalishdasiz.
Dushmaningiz yo'qmi? Demak, hali o'z so'zingizni aytishga jur'at qilmabsiz.
Siz nima deb o'ylaysiz: dushmanni kechirish osonmi yoki xiyonat qilgan do'stni?








