Kurs haqida eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar So‘nggi… — Baxtiyorova Farangiz 🇺🇿🇺🇸 — TG.ME

Baxtiyorova Farangiz 🇺🇿🇺🇸🎓 MASTERS ABROAD kursiga qabul ochiq! Chet elda, xususan Amerikada magistratura o‘qishni rejalashtiryapsizmi, lekin hujjatlarni qanday tayyorlash, universitet va dastur tanlash yoki scholarship olish jarayonida nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda Masters…
📌 Kurs haqida eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

So‘nggi kunlarda kurs haqida ko‘p bir xil savollar kelmoqda. Hammasiga bir joyda javob berib qo‘yaylik 👇🏻

1. Nechinchi kurs talabalari qatnasha oladi?


🎓 Kursni ayniqsa 3–4-kurs talabalari uchun tavsiya qilaman.

3-kursda bo‘lsangiz, oldingizda nimalar turganini, qanday imkoniyatlar borligini va ularga qanday talablar qo‘yilishini oldindan bilib olasiz. Bu esa sizga ancha vaqt beradi.

4-kursning yozidan boshlab ayrim magistratura dasturlariga qabul ochila boshlaydi va jarayon butun yil davomida davom etadi. Shuning uchun oldindan tayyorlanib qo‘yish juda katta ustunlik beradi.

🎯 Agar 2027-yil kuzida magistraturani boshlamoqchi bo‘lsangiz, 4-kursda hozirdanoq harakatni boshlash ayni vaqti.

Bundan tashqari, bakalavrni allaqachon tugatgan va magistraturaga boshqa davlatga to‘liq grant asosida ketmoqchi bo‘lganlar uchun ham kurs mos.

1-2-kurslar ham oldindan tayyorgarlikni boshlamoqchi bo’lsa, bemalol qatnashsa bo’ladi. Dars materiallari sizlar bilan doimiy qoladi, qayta qayta tahlil qilib, kerak payti ishlataverasiz.

2. Yo‘nalishimni yoki qaysi davlatni tanlash bo‘yicha maslahat beriladimi?


Ha, albatta.


Kurs davomida portfolioingiz bilan bevosita tanishib chiqaman va sizning profilingizga qarab:

• qaysi davlatlarda ko’proq grant imkoniyatlari bor;

• qaysi universitet va dasturlarga e’tibor berish kerakligi;

• qaysi stipendiyalar sizga mos kelishi;


haqida tavsiyalar beraman.

3. Kurs faqat Amerika universitetlariga topshirish haqida bo‘ladimi? 🇺🇸


Asosiy e’tibor - Amerika universitetlariga qaratiladi.

Xususan:


🎓 universitet tanlash

📄 application uchun kerakli hujjatlar

💰 need-based va merit-based scholarshiplar

📝 hujjatlarni qanday kuchli tayyorlash

va boshqa muhim jihatlarni ko‘rib chiqamiz.


Bundan tashqari, immigratsion huquq bo‘yicha tajribam sababli AQSh vizasi bo‘yicha ham alohida dars o‘taman. Suhbat jarayoni va nimalarga e’tibor berish kerakligini tushuntiraman. Chunki bu davlat vizasi boshqa davlatlarga qaragada ancha qiyin.

Lekin kurs faqat Amerika bilan cheklanib qolmaydi.

Men magistratura uchun o‘zim topshirgan DAAD, Gates Cambridge Scholarship, Erasmus Mundus kabi dasturlarga tayyorlagan hujjat namunalarimni ham ko‘rib chiqamiz.

Eng muhimi - faqat yutgan applicationlarimni emas, muvaffaqiyatsiz bo‘lgan hujjatlarimni ham tahlil qilamiz.

Chunki ba’zan nimani to‘g‘ri qilish kerakligini bilishdan tashqari, qaysi xatolarni qilmaslik kerakligini bilish ham juda muhim.

4. Kurs qabuli cho‘zilishi mumkinmi?


❌ Yo‘q.


Kurs haqida yaqinda e’lon bergan bo‘lsam ham, hozirning o‘zida joylarning deyarli yarmi to‘lib bo‘ldi.

Men bu kursda ko‘p odam bilan emas, kamroq doira bilan sifatli ishlashni xohlayman.

Shuning uchun belgilangan joylar to‘lishi bilan qabul yopiladi.

5. Keyinchalik yana qabul ochiladimi?


Yo’q.

Bu mening o‘zim jonli tarzda olib boradigan magistratura bo‘yicha shu yil uchun oxirgi kursim bo‘ladi.

Keyingi yil oxirida yana ochilishi ehtimoli kam, lekin bu vaqtim va vaziyatimga bog‘liq.

Shuning uchun aynan hozir magistraturaga tayyorgarlikni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun bu imkoniyatni keyinga qoldirmaslikni tavsiya qilaman. 🤍
❤11💘1
September 25, 2026 900 11