Nuqsonim ko'pdur meni,
Ostonangga qo'ydim bosh.
Mahbubim sevdim seni,
Hajringda to'kdim ko'z yosh.
Tong sahurda istig'for,
Qabul ayla Ya G'affor.
Och eshikni mehmon bor,
Ham sarsondir, ham bebosh.
Maxshar tongi otganda,
Bo'zlar bechora banda.
O'zing qilma sharmanda,
Yolg'izman Sen bo'l yo'ldosh.
Mahbubiy

February 13, 2026 307 4