Yangi manzil. Yangi imkoniyatlar. Yangi talabalik hayoti!
🔹Uzoq va yaqin hududlardan Farg‘ona davlat texnika universitetiga o‘qishga qabul qilingan barcha talabalar uchun universitetda qulay muhit va zarur sharoitlar yaratilgan. Talabalarning ishonchli va qulay turar-joy bilan ta’minlanishi, yotoqxona hamda ijara xonadonlari bo‘yicha murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyat olib bormoqda.
🖇Mazkur markaz orqali talabalar yotoqxonalarga joylashish, mavjud turar-joylar haqida ma’lumot olish va ijara xonadonlari bo‘yicha zarur yo‘riqnomalarga ega bo‘lishlari mumkin.
Farg‘ona davlat texnika universiteti — nafaqat ta’lim, balki talabalik davrini qulay va mazmunli o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan maskan!
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

