TA’LIM GRANTLARINI TAQDIM ETISH VA QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI
🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori talablariga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili yakunlari asosida talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi.
🖇Tanlov doirasida talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi amaldagi mezonlar asosida tegishli komissiyalar tomonidan baholandi. Mazkur baholash natijalari Maxsus komissiya tomonidan umumlashtirilib, 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqsimlash bo‘yicha yakuniy natijalar shakllantirildi.
Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha tasdiqlangan natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
Bakalavriat 1-kurs va 2-kurs
Magistratura 1-kurs
E’lon qilingan natijalar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud bo‘lgan hollarda, 48 soat davomida talabgorlar belgilangan tartib asosida apellyatsiya arizasini elektron shaklda quydagi link orqali taqdim etishlari mumkin:
Apellyatsiya berish
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt














