Energetika muhandisligi fakulteti: post #12618 — TG.ME

#EMF #Talabaga_qulaylik
#TTJ_markaz

🏛Farg‘ona davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetida talabalarni ishonchli turar-joylarga joylashtirish masalalari bilan bog‘liq murojaatlarni hal etish uchun talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyati davom etmoqda.

Fakultet dekan o'rinbosari hamda tyutorlar tomonidan markazga turar joy bo'yicha murojaat etgan talabalarga talababar turar joyi, ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilmoqda.

☑️Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
❤1🔥1
August 28, 2026 291 2