# Dual ta'lim # Dual ta’lim asosida texnik o‘qish tashkil etildi Farg‘ona davlat texnika universiteti “Energetika muhandisligi” fakulteti hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali hamkorligida dual ta’lim tamoyillari asosida “Podstansiyalarda o‘lchov transformatorlari va ENHAT tizimi” mavzusida navbatdagi texnik o‘qish tashkil etildi. Mazkur texnik o‘qishning asosiy maqsadi — ta’lim jarayonida olgan nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish, elektr energetikasi sohasida yangi texnologiyalarni qo'llash va amalga oshirishga qaratilgan. Kelgusida ham universitet va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi dual ta’lim asosidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalarni real ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish rejalashtirilgan.
Energetika muhandisligi fakulteti: post #12611 — TG.ME
August 27, 2026 244 1