Eron chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Alyuminium Arak» — «Istiqlol» uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Mazkur bahsda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov maydonga tushdi. Ashurmatov uchrashuvni boshidan oxirigacha maydonda o‘tkazdi.
Masharipov esa 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning 9 oylik tanaffusdan so‘ng rasmiy uchrashuvdagi ilk ishtiroki bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik yarim himoyachi uzoq tanaffusdan keyin yana maydonga qaytdi.
Masharipovning keyingi uchrashuvlardagi formasi qanday bo‘ladi? Sizningcha, u tez orada avvalgi sport formasini tiklay oladimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
Bizga obuna bo'ling:




