Muhim ishlar turganda mayda muammolar bilan o'ralashib yurish.
Odatda muammolarni asl ildizini o'rganish o'rniga, ikkilamchi masalalar bilan band bo'lib qolamiz.
Hayotingda aniq prioritetlar yo'q bo'lsa, butun umringni ayni shunday ikkilamchi ishlar bilan o'tkazib yuborasan.
Dars qilishga, kitob o'qishga, sport bilan shug'ullanishga va yaqinlarim bilan o'tkazishga vaqtim bo'lmadi deganingda, men uchun prioritetlar boshqa narsalar degandeksan.
Ya'ni boshqa ishlarni qilish uchun vaqt topaman, lekin bular uchun menda vaqt yo'q.
O'quvchilarim 'Dars qilishga vaqtim bo'lmadi' deyishsa odatda ishonmayman. Sababi hardoim vaqt topish mumkin.
Oilali bo'lib darslarni qoldirmayotgan ayol o'quvchilar turganda, maktabda o'qiydigan, boshqa mas'uliyati deyarli yo'q bo'lgan o'quvchi vaqt haqida gapirishi shunchaki bahona.
Yechim nima?
Qilishing kerak bo'lgan ishlar ro'yxatini tuzasan. Oila, ish, o'qish va hokazo kategoriyalarga bo'lasan.
Ularni keyin tahlil qilib muhimlik darajasiga qarab ketma-ket qilishni boshlaysan.
Bu huddi idishga qum solib keyin katta toshlarga joy qolmagan va keyin boshqa idishga katta toshlarni solib ustidan qum solingandek gap.
Birinchi holatda vaqtingni mayda ishlar bilan - reels ko'rish, befoyda suhbatlar, kino - band qilib olsang, muhimroq bo'lgan masalalarni hal qilish uchun senda imkon qolmaydi.
Ishdaham shunday. Agar kundalik ishlarni kerakli odamlarga biriktirib o'zing rejali ishlar bilan shug'ullanmasang, oldinga harakat juda sekin bo'ladi.



