Nima boʻlsa boʻlaveradi!
Men haqimda qancha gaplar bor
Teshik quloq toʻlaveradi
Men qilmayman sira etibor
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Dushmanlarim izimni poylar
Nodon doʻstim suvimni loylar
Oʻtsa hamki qancha yil oylar
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Adashtirib ketganda yoʻlim
Sinovlarda singanda qoʻlim
Bitta boshga bittadir oʻlim
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Kimdir gʻamdan bagʻri oʻyilgan
Kimga dunyo jannat tuyilgan
Peshonamga bitib qoʻyilgan
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Birda shodlik birida koʻz yosh
Bir kun zulmat bir kuni quyosh
Har qadamda har turfa yoʻldosh
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Omad ketsa siqilganim yoʻq
Dunyo uchun yiqilganim yoʻq
Hammasidan koʻnglim mani toʻq
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Ertamizda nimalar bayon
Faqatgina Ollohga ayon
Chin yurakdan aytaman ishon
Nima boʻlsa boʻlaveradi
Yaratgandan taqdiri azal
Nasib qilsa albatta goʻzal
Hozirmi yo keyingi safar
Nima boʻlsa boʻlaveradi.
+988906783795
+998896683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 25.07.2026 yil.
August 30, 2026 91