Sinishimni kutganlar uchun!
Do'stim deya yelkadan quchib
Qo'lda pichoq tutganlar uchun
Balandlarda yuribman uchib
Sinishimni kutganlar uchun
Soxtalarning mehridan to'ydim
Shularni deb jonimni o'ydim
Zo'r syurpriz tayyorlab qo'ydim
Sinishimni kutganlar uchun
Bitta nonga bo'lsin deya zor
Bo'ynimizga tashlaydilar dor
Hali qancha aytar gapim bor
Sinishimni kutganlar uchun
Yodimizda har bitta sana
Isbotini ko'ryapmiz mana
Omadimiz kelyapti yana
Sinishimni kutganlar uchun
Qoradan ham ichi qoralar
O'z dilini o'zi poralar
Qolmayapti biron choralar
Sinishimni kutganlar uchun
Bitta boshga bittadir o'lim
O'limgacha ko'ksimda qo'lim
Olloh ochib qo'ymoqda yo'lim
Sinishimni kutganlar uchun
Bir joylari achishib ketar
O'ylab boshi qachishib ketar
Yuzimdagi tabbasum yetar
Sinishimni kutganlar uchun
Bugun yoyni aniq uribman
Hammasini ko'rib turibman
Mazza qilib yashab yuribman
Sinishimni kutganlar uchun
Duo qilib takror va takror
Yaratgandan so'radim zor zor
Kutilmagan sovg'alarim bor
Sinishimni kutganlar uchun.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 27.08.2026 yil.
Forwarded fromFarhod Moʻminov
August 29, 2026 100 1