Ko'payib ketdi! Osmonda yulduz emas Oylar ko'payib ketdi Pul bo'lmasa… — ✍️Farhod Moʻmin — TG.ME

Ko'payib ketdi!


Osmonda yulduz emas
Oylar ko'payib ketdi
Pul bo'lmasa kirolmas
Joylar ko'payib ketdi

Dunyo katta shaharday
Tunlari ham saharday
Ichay desang zaharday
Choylar ko'payib ketdi

Muhabbat bo'ldi arzon
Ko'ngillar uyi vayron
Yolg'onchi qoshi kamon
Yoylar ko'payib ketdi

Kambag'alni tishi yo'q
Yo'qlaydigan kishi yo'q
G'arib bilan ishi yo'q
Boylar ko'payib ketdi

Omad kelsa damda dam
Tanish bilish ko'p odam
Oyoq osti har qadam
Loylar ko'payib ketdi

Har qadamda har nafas
Shayton tashlagan qafas
Bemaʼni orzu havas
O'ylar ko'payib ketdi

Kimlar ochu, kimlar to'q
Kim nishonu kimdir o'q
Nemati bor fayzi yo'q
To'ylar ko'payib ketdi

Mehr limiti to'lgan
Dardi faqat pul bo'lgan
Odamgarchilik o'lgan
Joylar ko'payib ketdi.

+998906783795
+998996683795.

(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)

Farhod Moʻmin. 28.08.2026 yil.
👍1👏1
August 28, 2026 108 1