Bu ibora qadimgi Epir podshohi Pirr (miloddan avvalgi 319–273 yillar) nomi bilan bogʻliq. Miloddan avvalgi 279-yilda uning qoʻshini Auskulum yaqinidagi jangda Rim armiyasini magʻlub etadi. Biroq bu gʻalaba Pirrga juda qimmatga tushadi — u oʻzining eng sarra askarlari va sarkardalaridan ayriladi.
Tarixiy manbalarga koʻra, jangdan keyin oʻz yoʻqotishlarini koʻrgan podshoh Pirr shunday degan: “Agar biz rimliklar ustidan yana bir bor shunday gʻalaba qozonsak, butunlay halok boʻlamiz”.
Biror maqsadga erishilganda, lekin unga sarflangan kuch, resurs va qurbonlar kelajakdagi muvaffaqiyat imkoniyatini yoʻqqa chiqarganda.
va gʻalaba keltirgan foydadan koʻra, unga erishish yoʻlidagi zarar yoki ketgan xarajatlar ancha koʻp boʻlgan vaziyatlarda qoʻllaniladi.
Doʻstlarga ulashishni unutmang:
👉@evrika_javohir















